06-10-2025 10:03
Shu maqsadda tegishli idoralar tomonidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, qoidabuzarlik holatlariga tezkor chora ko‘rilmoqda. Xususan, Buxoro shahrida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijalariga ko‘ra, 4,5 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qog‘oz ishlab chiqarish sexi aniqlandi.
Mazkur “B.Ye.” MCHJga qarashli qog‘oz ishlab chiqarish sexining noqonuniy harakati gaz ta’minoti korxonasiga 4 milliard 524 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
"O‘zenergoinspeksiya" mutasaddilarining ta’kidlashicha, bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilib, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat yanada kuchaytiriladi.