06-10-2025 10:10

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kundan beri bedarak yo‘qolgan 27 o‘quvchining jasadini qidirish ishlari davom etmoqda. Ular asosan vayronalar ostida qolib ketgan 13 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardir.
Vayronalarni tozalash uchun kranlardan foydalanilgan, qidiruv va tiklash ishlari 60 foizga bajarilgan. Agentlik qidiruv ishlarini dushanba kuni yakunlamoqchi.
Avvalroq qurbonlar soni 14 nafarni tashkil qilgani ma’lum qilingandi.
30 sentyabr kuni Indoneziyaning Sidoarjo shahrida maktab-internat binosi qulab tushgani, 100 ga yaqin odam jabrlangani xabar qilingandi, deb xabar berdi, report.az.
