10-11-2025 13:02

Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlar markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Uganda — Fransiya bahsini Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik referilar boshqaradi.
Bosh hakam — Rustam Lutfullin, Yordamchi hakamlar — Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov.
Mazkur brigada avvalroq Argentina — Belgiya hamda Misr — Venesuela o‘smirlari o‘rtasidagi uchrashuvlarida ham faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, Rustam Lutfullin Angliya — Venesuela, Fransiya — Chili hamda AQSH — Tojikiston U-17 jamoalari o‘rtasidagi bahslarda yordamchi hakam sifatida ishlagan. Shu tariqa, mazkur bellashuv O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi uchun U-17 Jahon chempionatidagi 3-uchrashuv bo‘lsa, Rustam Lutfullin uchun 6-bellashuv hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, U-17 Jahon chempionati 3–noyabr kuni boshlandi. Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
