11-11-2025 12:16

Kuniga yetti-sakkiz piyola choy, qahva va suv ichish yurak-qontomir va onkologik kasalliklar paydo bo‘lishining oldini oladi, deb yozadi British Journal of Nutrition (BJN) jurnali.
Xabar qilinishicha, olimlar 13-yil davomida 183 ming kishining sog‘lig‘i va ovqatlanishiga oid ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, “uch finjon qahvaga ikki piyola choy” nisbatida ichimlik iste’mol qilganlarning salomatligi a’lo darajada bo‘lishi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, oddiy ichimlik suvini muntazam ravishda iste’mol qiluvchilarning salomatlik ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lishi aniqlangan.
Olimlar qahva tarkibidagi xlorogen kislota qandli diabetga chalinish va asab tizimi buzilishining oldini oladi hamda ichak mikroflorasining sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Choy tarkibidagi katexin shamollashga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, tomir va to‘qimalarni himoya qiladi.
Tadqiqotchilar kuniga uch finjondan ortiq qahva ichish uyqusizlik va yurak ritmining buzilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tishgan. Ularning aytishlaricha, suvni ko‘p ichish ham zararli bo‘lib, tanadagi elektrolitlar muvozanatini izdan chiqarishi mumkin.
