30-10-2025 12:32

Ayol o‘zining Reddit sahifasida uzoq yillar davom etgan, ammo asta-sekin sovuqlashgan turmush tarixi haqida yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, juftlik nikohi dastlab iliq munosabatlar bilan boshlangan, biroq vaqt o‘tishi bilan erining unga bo‘lgan e’tibori va mehr-muhabbati kamayib borgan. Ayol o‘zini “er bilan bir uyda, ammo yolg‘iz” his qila boshlagan.
Ularning so‘nggi oilaviy ta’tilida esa ayolning sabr kosasi to‘lgan. Safar avvalida er yo‘lga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, tushlik tayyorlagan, sayr qilish rejasini tuzgan. Biroq sayohat davomida ayol uning befarqligini, mehrsizlikni tobora ko‘proq his qilgan. Er avvalgidek iliqlik ko‘rsatmagan, hatto qo‘lidan tutishni ham istamagan.
Foto: People
Kechki ovqat paytida ular bananli chizkeyk buyurtma qilishgan. Ayol shirinlikning yarmini yeb, qolganini ertalabga qoldirgan. Biroq ertasi kuni uyg‘onganida shirinlik yo‘qligini ko‘rgan. Eri jilmayib, kechasi juda och qolganini va tortni yeb qo‘yganini aytgan. Ayol esa bunga ortiq chiday olmasligini tushungan:
“Bunga oddiy chizkeyk sabab bo‘lmadi. Bun 25 yil davomida yig‘ilib kelgan befarqlik, e’tiborsizlik va sovuqlik ifodasi edi” deb yozadi u.
Psixologlarning fikricha, bu kabi ajrimlar ko‘pincha yirik mojarolardan emas, balki yillar davomida to‘planib kelgan hissiy sovuqlik va muloqot yetishmasligidan kelib chiqadi.
“Bu yerda tort shunchaki sabrning so‘nggi tomchisi bo‘lgan. Ularning orasida muammo allaqachon yillar oldin boshlangan. Beparvolik va sovuqlik har qanday munosabatni sekin-asta o‘ldiradi”, deydi oilaviy terapevt Merilin Duglas.
