05.04.2025 11:26
Karnining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning global ta’siri zaiflashayotgan bir vaqtda Kanada davlatlarning yangi koalisiyasiga yetakchilik qilishga tayyor. Bosh vazir, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarining 80-yillik yetakchilik davri nihoyasiga yetganini bildirdi va ishonch hamda erkin savdo asosida tuzilgan ittifoqlar davri ortda qolganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Karni Qo‘shma Shtatlardan import qilinadigan yengil va yuk avtomobillariga 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Kanada hukumati rahbarining qayd etishicha, bu bojlar mamlakat byudjetiga 5,7 milliard dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.