protsess.uz-logo

Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

28.02.2025 08:17

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat boshqarmasi boshlig‘i Xitoyning Temu marketpleysi O‘zbekiston hududida bloklanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

Unga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyulidan O‘zbekistonda xalqaro platformalar uchun yangi qoidalar, jumladan, xabardor qilish tartibi va elektron tijorat subyektlarining maxsus reyestri joriy etiladi. Asosiy talab — mamlakatda faoliyatni qonuniylashtirish va rezident yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘lib, u 2024-yilning 28-dekabridan kuchga kirgan.

Shuningdek, agentlik ularning qonuniy biznes huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga, O‘zbekiston bozoriga rasman kirishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlandi. Lekin Temu’dan bunga qiziqish bildirilmagan. Shu bois agar shartlar bajarilmasa, ularning faoliyati to‘xtatilishi, hatto blokirovka qilinishigacha borishi aytilgan.

Ushbu mobil ilova o‘tgan yil oxiridan beri O‘zbekistondagi eng ommabop ilovalar qatoriga kiradi. Hozirda Xitoy marketpleysi App Store do‘konida ikkinchi o‘rinni egallasa, Google Play’da yetakchilik qiladi.
Muallif
protsess.uz logo

Tahririyat

Maqolaga baho bering
Ulashish

Yangiliklar

logo

“Protsess.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Tahririyat manzili: 100128, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 3B-uy.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat yuborish

© 2024 protsess.uz - Eng muhim va dolzarb masalalar tahlili.