2024-yilda Yer aholisining soni oʻtgan yilga nisbatan qariyb 82 million kishiga koʻpaydi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.
AQSH aholini roʻyxatga olish byurosining hisob-kitoblariga koʻra, 2024-yilda dunyo aholisi 71 milliondan ortiq kishiga oʻsdi va 2025-yil boshida 8,09 milliard kishini tashkil etadi.
Tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, aholining eng koʻp koʻpayishi Afrikada kuzatilgan. Ekspertlar yaqin yigirma yil ichida ushbu qitʼada yashovchi odamlar soni ikki baravar koʻpayishini taxmin qilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga tayanilsa, 2037-yilda sayyoramiz aholisi birinchi marta 9 milliarddan oshishi mumkin. Dunyo aholisining oʻsishi davom etayotgan boʻlsa-da, oʻsish surʼati sezilarli darajada sekinlashgan. Hozirgi global tugʻilish darajasi har bir ayolga oʻrtacha 2,2 bolani tashkil qiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yil yanvar oyida dunyo boʻylab har soniyada 4,2 tugʻilish va 2,0 oʻlim holati kuzatilishi taxmin qilinmoqda.