protsess.uz-logo

Eng kam maosh beriladigan davlatlar e'lon qilindi

08.01.2025 15:37

2023-yilda O‘zbekiston 107 mamlakat ichida 86-o‘rinni egallagan edi. Yangi reytingda mamlakatimiz 111-o'rinda qayd etilgan.

Eng kam maosh beriladigan davlatlar e'lon qilindi

Minimum Wage by Country’ning 2024-yil uchun tayyorlagan hisobotiga ko‘ra, 154 davlat ichida eng kam ish haqi bo‘yicha O‘zbekiston 111-o‘rinni egalladi. Mamlakatda yillik eng kam ish haqi 1 041 dollarni, soatiga esa 0.50 dollarni tashkil etmoqda.

Eng kam ish haqi bo‘yicha yetakchi 10 mamlakat
Qayd etilishicha, ro‘yhatda davlatlarning yillik hamda soatlik eng kam ish haqi miqdori dollar ko‘rinishida hisoblab chiqilgan. Ro‘yxatda dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlari ishchilarga eng yuqori minimal ish haqi to‘lash bo‘yicha peshqadam bo‘ldi. Quyida top-10 davlatlar keltirilgan:

 1. Avstraliya – yillik 35 515 dollar, soatiga 17.47 dollar.
 2. Yangi Zelandiya – yillik 33 487 dollar, soatiga 16.10 dollar.
 3. Lyuksemburg – yillik 32 103 dollar, soatiga 15.43 dollar.
 4. Germaniya – yillik 30 529 dollar, soatiga 14.68 dollar.
 5. Buyuk Britaniya – yillik 29 690 dollar, soatiga 14.27 dollar.
 6. Irlandiya – yillik 28 302 dollar, soatiga 13.96 dollar.
 7. Fransiya – yillik 24 259 dollar, soatiga 13.33 dollar.
 8. Kanada – yillik 24 128 dollar, soatiga 11.60 dollar.
 9. Niderlandiya – yillik 24 925 dollar, soatiga 11.98 dollar.
 10. Belgiya – yillik 24 005 dollar, soatiga 12.15 dollar.

Bu davlatlar yuqori minimal ish haqi tufayli o‘z fuqarolariga munosib yashash sharoitlarini ta’minlashda yetakchilik qilmoqda.

Eng past ish haqi bo‘yicha 10 mamlakat
Minimal ish haqi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar bilan quyidagi davlatlar reytingning eng pastida joylashdi:

 1. Sudan – yillik 13 dollar, soatiga 0.01 dollar.
 2. Liberiya – yillik 4 dollar.
 3. Gabon – yillik 3 dollar, soatiga 1.56 dollar.
 4. Kongo – yillik 220 dollar, soatiga 0.09 dollar.
 5. Bangladesh – yillik 212 dollar, soatiga 0.08 dollar.
 6. Tanzaniya – yillik 209 dollar, soatiga 0.09 dollar.
 7. Qirg‘iziston – yillik 162 dollar, soatiga 0.08 dollar.
 8. Tojikiston – yillik 265 dollar, soatiga 0.13 dollar.
 9. Haiti – yillik 1 014 dollar, soatiga 0.41 dollar.
 10. Mavritaniya – yillik 982 dollar, soatiga 0.47 dollar.

O‘zbekistonda holat qanday?
O‘zbekiston 154 mamlakat ichida 111-o‘rinni egallab, rivojlanayotgan davlatlar qatorida turibdi. 2023-yilda O‘zbekiston 107 mamlakat ichida 86-o‘rinni egallagan edi.
Muallif
protsess.uz logo

Tahririyat

Maqolaga baho bering
Ulashish

Yangiliklar

logo

“Protsess.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Tahririyat manzili: 100128, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 3B-uy.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat yuborish

© 2024 protsess.uz - Eng muhim va dolzarb masalalar tahlili.