Tramp surati tushirilgan pul chiqarish taklif qilindi
28.02.2025 18:08
Janubiy Karolinadan saylangan respublikachi kongressmen Jo Uilson AQSH Prezidenti Donald Tramp portreti tushirilgan 250 dollar nominaldagi kupyura chiqarishni taklif qildi.
"Baydenflyasiya iqtisodiyotni vayron qildi va amerikalik oilalarni ko‘proq naqd pul olib yurishga majbur qildi", – dedi kongressmen.
Uilson banknotda Trampning portreti aks etganligining sababi sifatida “eng qimmat banknota – eng qadrli prezidentga” degan tamoyilni keltirdi.
Biroq kongressmen Uilsonning taklifi noqonuniy hisoblanadi. 1866-yilda AQSH Kongressi tomonidan qabul qilingan qonunga ko‘ra, pul va tangalarda tirik odamlarni tasvirlash taqiqlangan. Ammo Tramp tarafdorlari hozirda Kongressning ikkala palatasida ham ko‘pchilikni tashkil etadi, ya’ni qoida nazariy jihatdan bekor qilinishi mumkin.
Ayrim kongressmenlar Donald Trampning tug‘ilgan kunini milliy bayram deb e’lon qilish va unga uchinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga ruxsat berishni ham taklif qilgan.