Qo‘shni mamlakatlarda Ramazon oyining boshlanish kuni e’lon qilindi
27.02.2025 11:48
Qo‘shni respublikalar — Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonda muqaddas oy 1-martdan boshlanadi. Ramazon hayitining ilk kuni 30-martga to‘g‘ri kelishi aytilgan.
O‘zbekistonda hozircha Ramazon oyi boshlanish sanasi rasman e’lon qilinmadi. Hijriy yil taqvimiga ko‘ra, Ramazon 1-martdan boshlanishi mumkin.
Biroq Oy ko‘rinishiga qarab, bu 1 kunga farq qilishi ham ehtimoldan xoli emas.