Prezident "onlayn manqurtlashtirish" haqida gapirdi
04.09.2024 13:53
Shavkat Mirziyoyev Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yoʻlladi.
Unda davlat rahbari kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgani, bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilayotgani masalasiga to'xtaldi.
"Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari “onlayn manqurtlashtirish” qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda va jinoyat sodir etmoqda.
Shu bois qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi va MDH Aksilterror markazi faoliyati doirasida bunday xavf-xatar va tahdidlarni bartaraf etish va ularga tezkorlik bilan javob qaytarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma amaliy chora-tadbirlarni o‘tkazish eng muhim vazifalar hisoblanadi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.