Jizzaxda yon qo‘shnisi bo‘lgan er-xotinni shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan ota-o‘g‘il uzoq muddatga qamaldi.
Ota va bola yon qo‘shnisi bilan yer va mol-mulk nizolari bo‘yicha oldindan kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sababli er-xotinni temir jism bilan tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirgan.
Joriy yilning 18-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining ochiq sudida JKning 97-moddasi 2-qismi "a,p,j" bandlari va 173-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan ayblangan sudlanuvchilar H.H. va Ya.E.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, 97-moddasi 2-qismi "a,j,p" bandlari va JKning 173-moddasi 2-qismi "v" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.