Transfermarkt portalining yangilangan maʼlumotlariga koʻra, Fayzullayevning narxi 2 millionga yuqoriladi.
12-dekabr holatiga koʻra “SSKA” va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati 8 million yevroni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun, 10-dekabr kuni Abduqodir Husanovning transfer narxi sezilarli darajada oʻsib 12 million yevroni tashkil qilgan edi. Bu orqali Husanov Oʻzbekistonning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.