Temiryo‘l faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi
30.11.2024 08:38
Temiryo‘l transporti sohasini tartibga soluvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Unda temiryo‘l transporti faoliyatining qonuniylik, xavfsizlik, ekologik tozalik va ochiqlik kabi asosiy prinsiplari belgilandi.
Davlat organlari temiryo‘l xodimlarining ishiga aralashishi taqiqlandi. Qatnovlar ichki, xalqaro, tranzit va maxsus turlarga bo‘lindi.
Qonun yo‘lovchilarga besh yoshgacha bo‘lgan bolalar, 36 kg qo‘l yuki va nogironlar uchun zarur texnik vositalarni bepul tashish huquqini berdi. Tariflar yo‘lovchi, yuk, bagaj va pochta tashish uchun alohida belgilanadi.
Toshkent vaqti yagona hisoblash vaqti sifatida qabul qilindi. Qonunning katta qismi 2025-yilning 1-yanvaridan, qolgan qismi esa olti oy ichida kuchga kiradi.