"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum oxirida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist "El Gol Digital" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" xorvatiyalik futbolchiga yangi mehnat shartnomasi taklif etmoqchi emas. "Qaymoqranglilar" "Inter" xavbeki Nikolo Barellani Lukaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Real" italiyalik uchun 60 million yevro berishga tayyor, "neradzurrilar" esa 80 million talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Nikolo milanliklarning 13 ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali uning narxini 80 million yevroga baholamoqda.