Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yadroviy to‘siq bo‘yicha davlat siyosatining asoslarini tasdiqladi.
Mazkur farmonning asosiy mazmuni “Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashri”da e’lon qilindi.
Farmonda Rossiya Federatsiyasi o‘ziga va Belarus Respublikasiga tashqi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda, shuningdek, agar bunday tajovuz suverenitet va hududiy yaxlitlikka tahdid soladigan bo‘lsa, hatto tajovuz oddiy qurollardan foydalangan holda amalga oshirilgan taqdirda ham yadro qurolidan foydalanishi qayd etilgan.
Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, yadro qurolidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni Rossiya Federatsiyasi prezidenti qabul qiladi. Aytilishicha, u bu qarori haqida boshqa davlatlarning harbiy-siyosiy rahbariyati va xalqaro tashkilotlar rahbariyatini xabardor qilishi mumkin.