Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda «Hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.
Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy mas’uliyat bilan bog‘liqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga Hukumat a’zosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga ko‘ra, ushbu rahbarni iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib o‘tdi.