"15 noyabr tushdan keyin Shama shahridagi BMT kuchlari shtab-kvartirasiga 155 millimetrli artilleriya snaryadlari kelib tushdi. Snaryad portlamadi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, italiyalik bomba yo‘q qilish bo‘yicha mutaxassislar tezda hududni o‘rab olgan va nazorat ostida portlashni amalga oshirgan. Tinchlikparvar kuchlardan hech kim jabrlanmagan.
Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, katta ehtimol bilan bu Isroil kuchlari snaryadidir. Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Livanda o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil" Hizbulloh" harakatini tugatish bo‘yicha maqsadlariga erishmaguncha unga zarba berishda davom etadi.