"Reyter" agentligining xabar berishicha, mazkur tadbir 2021 yilda Donald Tramp siyosatini targ‘ib qilish maqsadida asos solingan America First Policy Institute (AFPI) tomonidan tashkil etilgan.
"Biz bunday g‘alaba qozonishimizni hech kim bilmas va ishonmas edi, bu juda katta ish", — deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Yangi saylangan prezident o‘z nutqi davomida ko‘plab mehmonlarga, jumladan, Argentina prezidenti Xavyer Miley va Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga, shuningdek, so‘nggi paytlarda doimiy ravishda Trampning yonida bo‘lgan hamda uni qo‘llab-quvvatlagan millarder tadbirkor Ilon Maskka chuqur minnatdorchilik izhor etgan.
"U bu joyni yaxshi ko‘radi, men uni haydab yubora olmayman. Aslini olganda, men ham uning shu yerda ekanidan juda xursandman", — degan Donald Tramp Ilon Mask haqida.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, prezident o‘zining qisqa nutqi yakunida Rossiya va Ukraina urushi tugatilishi kerakligi hamda yanvar oyida prezidentlik lavozimiga kirishganida bu uning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylanishini aytgan.