Parij prokuraturasi “Milliy birlik” partiyasining amaldagi yetakchisi Marin Le Penni besh yilga ozodlikdan mahrum etishni va shu muddat davomida davlat lavozimlarida ishlashni taqiqlashni talab qildi, deb yozadi DW.
Agar sud ayblovlarga rozi bo‘lsa, 56 yoshli Le Pen 2027-yilgi Fransiya prezidentligi uchun nomzodini qo‘ya olmaydi. Prokurorlar partiyani ikki million yevro jarimaga tortishni ham talab qilgan.
Le Pen va Milliy ittifoqning 20 dan ortiq boshqa vakillari Yevropa Ittifoqi mablag‘larini noto‘g‘ri ishlatishda ayblanmoqda. Ayblovga ko‘ra, siyosatchi noqonuniy “tizim”ni boshqargan, unda Yevroparlament deputatlari yordamchisi sifatida ishlagan va maosh olgan odamlar haqiqatda Le Pen yoki uning partiyasida ishlagan. Umumiy qiymati taxminan 7 million yevroni tashkil qiladi.
Prokurorlar, advokatlar apellyatsiya bergan taqdirda ham, taqiq darhol kuchga kirishini istashdi. Le Penning o‘zi prokurorlarni “fransuz xalqini kimga xohlasa, ovoz berish imkoniyatidan mahrum qilish”da aybladi.
“Men hech qanday qonunbuzarlik yoki noqonuniy harakatga qo‘l urdim, deb o‘ylamayman”, — dedi u.