Birinchi portlash sud binosi yonidagi avtoturargohda avtomobil bagajnikda sodir bo‘lgan, 20 soniyadan so‘ng ikkinchi portlash ovozi eshitilgan.
Bino oldidagi maydonda erkakning jasadi topilgan. Rasmiylarga ko‘ra, u Oliy sudga kirib borishga uringan.
"Ushbu fuqaro Federal Oliy sudga murojaat qildi, kirishga urindi, kira olmadi va kirish joyida portlash sodir bo‘ldi", - dedi jurnalistlarga Braziliya gubernatori Selina Leao.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum birinchi portlashni ham avtoturargohda amalga oshirgan.
Mamlakat bosh prokurori Xorxe Messias hujumni qoralab, rasmiylar voqeani tergov qilishiga va’da berdi.
"Men Oliy sudga qilingan hujumlarni keskin qoralayman. Biz bu hujumlar ortida nima borligini bilishimiz va imkon qadar tezroq tinchlik va xavfsizlikni tiklashimiz kerak", - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Oliy sud poytaxtning markazida Milliy Kongress va Braziliya prezidentining ishchi qarorgohi Planalto saroyi yonida joylashgan.
G1 portalining xabar berishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda parlament binosida Deputatlar palatasi va Senatning yalpi majlislari bo‘lib o‘tayotgan edi.
Prezident Luis Inasiu Lula da Silva portlashlardan biroz oldin ofisini tark etgan va kechqurun Alvorada saroyida, uning yaqinida joylashgan rasmiy qarorgohida edi.