Pokiston shimolida to‘yga ketayotgan avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmati ma’lum qildi.
Gilgit-Baltistonning Diamer tumanida to‘yga odamlarni olib ketayotgan avtobus daryoga quladi. Odamlarni izlash chog‘ida kelin tirik holda topilgan, u turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Suvga ketganlar orasida ayollar ham bor. Politsiya xodimining aytishicha, daryodan 16 kishining jasadi chiqarib olingan va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.