Amerikalik milliarder, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask AQSHning yangi prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimiga tayinlanganiga izoh berdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Demokratiyaga tahdidmi? Yo‘q, tahdid byurokratiyadir”, - deydi tadbirkor. Shunday qilib, u Trampning Oq uyga qaytishi Amerika uchun demokratiyaga tahdid bo‘lishini ta’kidlagan Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning bayonotlariga parodiya qildi.
Avvalroq, 13-noyabr kuni Tramp Mask biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda AQSH hukumati samaradorligi bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qilishini ma’lum qilgandi. Ular hukumat byurokratiyasini yo‘q qilish, behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish va federal idoralarni qayta qurish uchun yo‘l ochadi. Bo‘limning nomi, DOGE, Mask tarafdori bo‘lgan kriptovalyutaga ishoradir.
Tramp keyinchalik DOGE departamentining yaratilishini atom bombasini ishlab chiqish bilan solishtirdi. "Bu bizning zamonamizning Manxetten loyihasiga aylanishi mumkin", dedi siyosatchi.