Yaqinda Rishton tumanida Polshaning Adam Miskeyevich nomidagi universiteti filialini ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.
Ayni kunlarda shu universitetning Sharqshunoslik instituti direktori oʻrinbosari Mariush Marshevski boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida boʻldi. Uchrashuvda polshalik mehmonlar ishtirokida loyihani amalga oshirish boʻyicha yuzma-yuz muloqot oʻtkazildi.
— Uchrashuvda Polsha delegatsiyasi bilan tumanimizda Rishton—Polsha savdo uyi, Polyak tili va madaniyat markazini hamda universitetning ikkita fakultetini ochishga kelishib olindi, — deydi Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Abdusalom Siddiqov. — Bu ikki tomonlama savdo, tadbirkorlik, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.