Oliy sud raisining so‘zlariga ko‘ra, qamoqqa olish ehtiyot chorasi ommaviy qanoatlantirilishi tufayli izolatorlar to‘lib ketgan.
Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov advokatlar bilan ochiq muloqotda qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi prokuror iltimosnomalari sudlar tomonidan ommaviy qanoatlantirilayotganini aytgan. Buning natijasida esa O‘zbekistondagi vaqtincha saqlash izolyatorlari to‘lib ketgan.
Islomovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda bunaqa holat ilk bor 2001 yilda kuzatilgan, lekin muammo yangi tergov hibsxonalarini qurish bilan hal qilinmasligi kerak. Bu muammoning yechimi bo‘lolmaydi.