Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi.
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi oilaning 3 nafar aʼzosi, yaʼni er-xotin va 5 yoshli bolasi ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan TTBning yuqumli kasalliklar boʻlimiga yotqizilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ular uy sharoitida tayyorlangan konservadan zaharlangan. Shifokorlar botulizm tashxisini qoʻygan.
Hozirda bemorlar shifoxonada davolanmoqda. Shifokorning taʼkidlashicha, ularning barchasi shifoxonaga ogʻir ahvolda olib kelingan.
Onasi farzandini muqaddam talvasa sindromi bilan davolanganligini aytdi. Shifokorlar ham bolaning oʻlimi ovqatdan zaharlanish emasligini maʼlum qildi.