Yevropa Ittifoqi yetakchilari Donald Trampning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi yakuniy qaroridan xavtirda, deb yozmoqda Bloomberg nashri.
Yevropa Ittifoqi yetakchilari AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Donald Tramp Ukrainadagi mojaroning moliyaviy yukini o‘z zimmasiga olishni va unga Yevropada mavjud bo‘lmagan harbiy texnikalarni yetkazib berishni to‘xtatishidan xavotirda, deb yozdi Bloomberg iqtisodiy nashri.
Nashrning o‘z manbalariga tayanib bergan maʼlumotlariga koʻra, blok mamlakatlari yetakchilari Tramp qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishga qaror qilsa, Kiyevga yordam berishda davom etishlari mumkinmi yoki yoʻqligini aniqlashga harakat qilmoqda.