Qayd etilishicha, 158 kilometr uzunlikdagi tezyurar avtomagistral yo‘l qurilishiga jami 10 ta haydovchisiz mashina va dronlar jalb etilgan. Bu yo‘l esa Pekin, Gonkong va Makao shaharlarini bog‘laydi.
Loyiha nafaqat intellektual infratuzilma sohasidagi sezilarli rivojlanishni ko‘rsatadi, balki sun’iy intellekt, dronlar va avtonom transport vositalarining ulkan imkoniyatlarini ham namoyon etadi.
Ushbu keng ko‘lamli loyiha jarayonida kengligi 20 metr bo‘lgan asfalt yotqizgich, 13 tonna keladigan oltita ikki barabanli katka va 30 tonna keladigan uchta rezina g‘ildirakli katkadan foydalanildgan.
Mashinalar ilg‘or algoritmlar bilan boshqarilib, ularning joylashuvi Beidou sun’iy yo‘ldosh tizimlari tomonidan 1 santimetr aniqlikda kuzatib borildi. Bularning barchasi yo‘lni yuqori sifatli va chidamli qilib qurishga yordam beradi.
Loyihaning eng diqqatga sazovor jihati SAP200C-10 asfalt yotqizish mashinasi bo‘ldi. U dunyoda birinchi bo‘lib bir o‘tishda 19,25 metr kenglikda asfalt yotqizishga muvaffaq bo‘lgan.