Ota-onalar farzand tarbiyasida muhim rol o'ynashi uzoq vaqtdan beri ma'lum. Biroq ko'pgina ota-onalar farzandlarining maktabdagi faoliyatiga shunchaki qiziqish bildirish orqali ta'sir qilishlariga ishonishadi. Lekin nemis olimlari bunday emas degan xulosaga kelishdi, ularning fikricha, diqqat alohida yo'naltirilishi kerak.
Ko'proq muhokama
Myunxen texnika universiteti olimlari ota-onalar bolalarning maktabdagi faoliyatiga qanday ta'sir qilishini o'rganishni boshladilar. Ular ota-onaning e'tibori haqiqatda bolaning muvaffaqiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aniqladilar. Biroq bu ko'pincha ota-onalarning o'zi o'ylaganidan boshqacha sodir bo'ladi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, shunchaki e'tiborning o'zi yetarli emas, garchi ular ota-onalarning uy vazifasini tekshirishiga to'sqinlik qilmasa ham. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, siz bolalaringizni rag'batlantirishingiz, ular bilan turli mavzularda suhbatlashishingiz, ta'lim imkoniyatlari va bolaning xohish-istaklarini muhokama qilishingiz kerak.
"Bu, ayniqsa, ota-onalar farzandlarining umidlarini, mumkin bo'lgan yutuqlarni, maktab malakasini, martaba yo'llarini, o'rganish strategiyalarini muhokama qilganda va individual maktab faoliyati borasidagi maqtov yoki tanqidni iloji boricha farqli ravishda bildirganda foydalidir", — deb tushuntiradi Myunxen Texnik Universiteti tadqiqotchisi Doris Xolzberger.
Maxsus maqsadlar
Ota-onalar bolalarning o'quv faoliyatiga qanday ta'sir qiladi degan savolni o'rganar ekan, Myunxenlik olimlar 18 ta keng ko'lamli tadqiqotlar va 1700 ga yaqin turli testlarni o'tkazdilar hamda ular eng muhim xulosaga kelishdi: ota-onalar o'zlarining xatti-harakatlari orqali maktabdagi samaradorlik va o'quvchilar motivatsiyasiga ta'sir qilishi mumkin.
Olimlar aytganidek, nafaqat bolaning ulg'aygan muhiti, balki shaxsiy namunasi ham juda muhimdir. Biz kutubxonaga birgalikda tashrif buyurishimiz va uyda doimo ko'p kitob bo'lishini ta'minlashimiz kerak. Lekin asosiysi, bolangiz bilan maktab, ta'lim va o'qish sohalarini muhokama qilishdir.
Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda bolaning nimani xohlashini va bunga qanday erishish mumkinligini bilib olishlari hamda ta'lim imkoniyatlarini ko'rib chiqishlari kerak. Hatto har bir alohida mavzu uchun tadqiqotchilar aniq maqsadlar qo'yib, keyin ularga intilishni maslahat berishadi. Ota-onalar ushbu sohalarda taraqqiyotni rag'batlantirishlari, bolalarning sa'y-harakatlarini rag'batlantirishlari va taqdirlashlari kerak.
"Maqtov va tanqid har doim juda aniq hamda farqli bo'lishi kerak, shuningdek, faqat qolipga tushib qolgan bo‘lmasligi kerak", — deb maslahat beradi tadqiqotchilar.
Bundan tashqari, olimlar bolalarni mustaqil ishlashga undashni tavsiya qiladilar, lekin agar ular o'qishda qiyinchiliklarga duch kelsa albatta yordam berish kerak.
Asliddin NORBEKOV tayyorladi