Kecha prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik”, deb yozdi Mirziyoyeva.
Shuningdek, muloqot davomida ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi qayd etilgan.