9-oktyabr kuni 86 yoshida vafot etgan hindistonlik tadbirkor Ratan Naval Tata o‘zining itiga, shuningdek, xodimlariga 91 million funt sterling (118,1 million dollar) deb baholangan boyligini vasiyat qildi, deb yozadi The Times.
Hech qachon uylanmagan va farzand ko‘rmagan Tata o‘zining sevimli uy hayvoniga doimiy g‘amxo‘rlik qilishni so‘radi.
Xodimlardan tashqari, Tataning vasiyatnomada ko‘rsatilgan akasi va singillari mulkning bir qismini oladi. Tadbirkorning yaqin do‘sti Suhel Setning aytishicha, Ratan Tata oshpaz va ofitsiantga doim hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va ularni tez-tez bir dasturxonga taklif qilgan.
2018-yilda Tata kasal iti bilan birga bshlish uchun Bukingem saroyiga borishdan bosh tortdi. Bu harakat o‘sha paytdagi shahzoda Charlz, hozirgi qirol Charlz III ni hayratda qoldirdi, u Tatani "haqiqiy erkak" deb atagan.
Ratan Naval Tata 1937-yil 28-dekabrda Bombeyda tug‘ilgan va yillar davomida Tetley Tea, Corus Steel va Jaguar Land Rover brendlarini sotib olgan yirik Tata Group kompaniyasini boshqargan.