Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
Viloyat hokimligida ishlovchi “Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, Botirjon Hamroyevning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.
Yana bir mustaqil manbaning qayd etishicha, sobiq hokim o‘rinbosari xonadonidan juda katta miqdorda (uch million dollar) mablag‘ saqlanayotgani aniqlangan.
Aniqlanishicha, Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Botirjon Hamroyev 2019-yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.