Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR 31-oktyabr kuni ertalab qit’alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgan, deyiladi Mudofaa vazirligi vakili bayonotida.
“Bugun KXDR Raketa texnologiyalari bosh boshqarmasi juda muhim sinov o‘tkazdi. KXDR yetakchisining buyrug‘i bilan sinov uchirilishi KXDRning strategik raketa imkoniyatlari haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni yangiladi va uning dunyodagi eng kuchli strategik qurol ekanini, zamonaviy va ishonchli ekanligini ko‘rsatdi”, – deb yozadi agentlik.
“Sinov uchirilishi yaqinda mintaqaviy vaziyatni qasddan keskinlashtirgan va respublikamiz xavfsizligiga tahdid solayotgan dushmanlarni javob choralarini ko‘rish to‘g‘risida xabardor qilish maqsadiga to‘liq mos keladigan tegishli harbiy harakatdir”, – deya Kim Chen In so‘zlarini keltirgan agentlik.
“Sizni ishontirib aytamanki, KXDR hech qanday sharoitda ham o‘z yadroviy qurolli kuchlarini mustahkamlash yo‘nalishini o‘zgartirmaydi”, – deya qo‘shimcha qildi u.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya qit’alararo ballistik raketalarning uchirilishiga javoban Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi, deb yozadi Yonhap agentligi prezident ma’muriyatiga tayanib.