Qozog‘istondagi Milliy bayram – Respublika kuni munosabati bilan Qasim-Jomart To‘qayev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Qozog‘iston Prezidentiga tabrik yo‘llagan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida Qozog‘istonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar, keng qamrovli va tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlagan. O‘zbekiston rahbari qo‘shni mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ham qayd etgan.