13-11-2025 09:34

Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi subyektlarga ko‘ra bank kartalarining turlari kengaytirilgan bo‘lib, bunga quyidagilar kiradi:
Oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.
Endilikda 14-18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil, 14 yoshgacha bo‘lganlar esa ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu buyruq bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati yaratildi.
2025-yilning iyun oyida Markaziy bank aholining naqd puldan foydalanishi yuzasidan so‘rov o‘tkazib, unda qaysi hudud aholisi naqd puldan eng ko‘p foydalanayotgani aniqlangandi.
