Yangiliklar

Oyatulloh Xumayniy o‘z o‘rniga uch nafar voris tayinladi
The New York Times gazetasining manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xumayniy agar AQSh yoki Isroil o‘zini o‘ldirsa, o‘rniga tayinlanadigan uch nafar nomzodni tanladi. Oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatmalarni tahlil qilish va so‘roqlarni tayyorlashda yordam beradigan, shuningdek, tergov muddatini qisqartiradigan yangi loyiha — tergovchining interaktiv yordamchisini ishga tushirgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni o‘lchab boriladi
Prezidentning “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

O‘zbekistonda 7 mln odam toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan
Respublikada qariyb 7 million kishiga ichimlik suvi yetib bormaydi. Bu haqda joriy yil 11-iyun kuni o‘tkazilgan “Toshkent xalqaro investitsiya” forumida Jahon bankining suv taʼminoti va oqova tizimi bo‘yicha katta mutaxassisi Odete Muhimpua aytib o‘tgan.

AQSh vizasini olish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringizni ochiq holatga o‘tkazishingiz talab etiladi
AQShning F, M va J turdagi noimmigrasion vizasiga (talaba va ta’limga oid vizalar) ariza beruvchilardan o‘z shaxsini aniqlash va mamlakatga kirish huquqini baholash uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini “ochiq” holatga o‘tkazish talab etiladi. (https://t.me/USAUzbekistan/4705) Ya’ni qulfdan chiqarib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Pokiston Donald Trampni 2026 yildagi Nobel tinchlik mukofotiga tavsiya etdi
Pokiston hukumati AQSH prezidenti Donald Trampni 2026 yil uchun Nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatgan. Bu qaror Trampning Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskin harbiy mojaroni diplomatik yoʻl bilan yumshatishdagi hal qiluvchi oʻrnini eʼtirof etish asosida qabul qilingan.