Economist Intelligence Unitʼga ko‘ra, Daniya poytaxti Kopengagen yashash uchun eng qulay shahar deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Vena va Tsyurix. Oxirgi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egallagan. Toshkent ham reytingning quyi pog‘onalarida qayd etilgan.
Endilikda Oʻzbekistondagi barcha temiryoʻl vokzallariga chiptasiz va hujjatlarsiz kirish mumkin. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tartib orqali xavfsizlikni saqlagan holda yoʻlovchilar uchun katta qulayliklar yaratiladi.