
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.

O‘zbekistonda iyul oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori birinchi marta 1,2 mlrd kWh’dan oshdi. Bu umumiy generatsiyaning 17 foizini tashkil etib, milliy energetikada yangi rekord sifatida qayd etildi.

Rossiya Davlat dumasi deputatlari «Spravedlivaya Rossiya – Za pravdu» partiyasi tomonidan migrantlarga nisbatan yangi cheklovlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaga ko‘ra, og‘ir va ayniqsa og‘ir jinoyat sodir etgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarga mamlakatga umrbod kirish taqiqlanadi.

Hindiston AQSH va Yevropa ittifoqi bosimi ostida Rossiya neft importini to‘xtatadigan bo‘lsa, mamlakat yiliga 9–11 milliard dollar atrofida iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda Kpler tahlil markazi hisobotiga tayanib, The Economic Times xabar berdi.