04-08-2025 09:22
Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“So‘nggi 24 soat ichida G‘azo shifoxonalarida ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik tufayli 6 nafar o‘lim qayd etildi”, deyiladi vazirlik xabarida. Shu tariqa, ochlikdan vafot etganlarning umumiy soni 175 nafarga yetdi, ulardan 93 nafari voyaga yetmaganlardir.
Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azoda to‘qnashuvning avj olishi oqibatida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 60,430 nafarga yetgan, 148 mingdan ortiq kishi jarohat olgan, deb xabar berdi report.az.