04-08-2025 09:09
Bu yilgi musobaqa o‘zbek o‘quvchilari uchun tarixiy natijalar bilan yakun topdi.
Yuqori darajadagi raqobatga qaramasdan, O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimizga 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni olib keldi. Bu natija O‘zbekiston informatika fanidan xalqaro maydondagi salohiyati oshib borayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston terma jamoasi natijalari:
Bu yutuq, xususan, Asilbek Sunnatovning kumush medali — O‘zbekiston tarixidagi ilk kumush medal sifatida qayd etildi.
Xalqaro informatika olimpiadasida dunyo bo‘ylab yuzlab iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiada rasmiy natijalari bilan https://stats.ioinformatics.org/results/2025 manzili orqali tanishish mumkin.