2025-yilning I yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotida barqaror o‘sish kuzatildi. Biroq, aholi real daromadlarining o‘sishi va sanoatdagi sur’atlar pasayishi iqtisodiy manzarani to‘liq bir xil emasligini ko‘rsatmoqda.
Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (Sustainable Development Solutions Network – SDSN) tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida O‘zbekiston 73 ball bilan 62-o‘rinni egalladi (qariyb 45 foiz maqsadlarga erishilgan yoki erishish jarayonida).