2025. 5-Noyabr. Chorshanba
AQSHning Rod Aylend shtatida deyarli 40 yil sudyalik qilgan va Caught in Providence (Providensda qo‘lga olinganlar) ko‘rsatuvi orqali dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan sudya Frenk Kaprio 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasida xususiy tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash va sifatli xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni e’lon qildi.
2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotida mamlakatda elektron to‘lov tizimini yanada qulay qilish va soliq yukini kamaytirishga oid muhim yangiliklar e’lon qilindi.
Yevropa rasmiylari tinchlik kelishuvi doirasida Britaniya va Fransiya harbiylarini Ukrainaga yuborish rejalarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, yana 10 ta davlat Ukraina hududiga qo‘shin kiritishga rozilik bildirgan.
Bugungi kunga qadar konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan 1 954 nafar xonandalar daromadlari to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, janjalkash va nizoli oilalar holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi yo‘ldoshning diametri 10 km deb taxmin qilinmoqda. «Jeyms Uebb» kosmik teleskopi Uranning yangi, 29-yo‘ldoshini aniqladi, u S/2025 U1 nomi bilan ataldi, deb xabar berdi NASA.
O‘zbekistonda avgustda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam pullari moliyalashtirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev transferi uchun Moskvadagi SSKA jamoasiga to‘lovni amalga oshirdi.