20-08-2025 07:20
Avvalroq qo‘mita tomonidan «Konsert-tomosha faoliyati» xizmati bo‘yicha «Soliq» mobil ilovasida soliq deklaratsiyalarini yuborish yo‘lga qo‘yilgandi.
Ushbu xizmat xonanda va ijrochilarga yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani soliq organlariga taqdim etish imkonini beradi.
Jarayon «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirildi.
Shu sababli, «Konsert-tomosha faoliyati» bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan xonanda va ijrochilar «Soliq» mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagach, «Face ID»dan o‘tgach, ushbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanishi mumkin.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 1954 nafar litsenziya egasi soliq deklaratsiyasini topshirgan.
Taqdim etilgan deklaratsiyalar soni bo‘yicha top 5 ta hududga quyidagilar kiradi:
Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi tomonidan konsert va sahna san’ati sohasi vakillari o‘rtasida #mendeklaratsiyatopshirdim_challenge va #yapodayudeklaratsiyu xeshtegi ostida chellenj boshlandi.