20-10-2025 10:23
Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.
"Yutuq — dehqon va fermerlar, mexanizatorlar, irrigatorlar hamda barcha soha mutaxassislarining fidokorona mehnati samarasidir", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, viloyatda 67 ming gektarda g‘o‘za parvarish qilinib, samarali agrotexnologiyalar joriy etildi. Ayrim xo‘jaliklarda hosildorlik gektariga 90 sentnergacha yetdi.
Paxta terimida 300 ga yaqin zamonaviy texnika ishtirok etdi.
Suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 66 kilometr kanal tozalandi, 27 ming gektar maydon suv bilan ta’minlandi.