20-10-2025 11:04
Shu yilning 17 oktyabr kuni qabul qilgan qarorga ko‘ra, Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” 3 oy muddatda temir yo‘l vokzallari, temir yo‘l stansiyalari va temir yo‘l razyezdlarida o‘rnatilgan peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishini ta’minlashi lozim.
Nomlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladigan obyektlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jami 320 ta vokzal, stansiya va razyezdlar kiritilgan.