Joriy yilning 26-sentyabr kuni Toshkent shahrida jahon sanoatining lider vakillari hamda Markaziy Osiyodagi yigirmadan ortiq shaharsozlik bo'yicha yetuk mutaxassislar ishtirokida "Birinchi Markaziy Osiyo urban forumi" bo'lib o'tadi.
Namangan viloyati Pop tumani 43-maktab direktori maktabda ta'til bo‘lishiga qaramay, pedagoglarni ta'lim maskaniga chaqirib, soat 16:00 gacha o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga, ya'ni maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgani haqida xabar berilgandi.
Qonunga ko‘ra, probatsiya — muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta'minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.