
ChatGPT sun’iy intellektining yangi versiyasi botlarni aniqlaydigan CAPTCHA kabi tizimlarni chetlab o‘ta olishi mumkin. Bu foydalanuvchi nomidan harakat qilish imkoniyatini kengaytirmoqda, biroq xavflarni ham ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi qonunni imzolab, 60 yoshdan oshgan fuqarolarga harbiy holat paytida armiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilish imkonini yaratdi. Bu Ukraina armiyasidagi kadr tanqisligini bartaraf etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Buyuk Britaniya agar Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni to‘xtatishda davom etsa va anklavdagi harbiy operatsiyani tugatmasa, sentyabrda BMT Bosh assambleyasi sessiyasi boshlanishidan oldin Falastin davlatini tan olishga tayyor. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer devonxonasi bayonotida ma`lum qilindi.