30-07-2025 06:41
2025 yil 29 iyul kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 60 yoshdan katta fuqarolarga harbiy xizmatga ixtiyoriy asosda qo‘shilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda The Kyiv Independent nashri xabar berdi.
Yangi qonunga ko‘ra, yoshi katta ko‘ngilliklar faqat jangovar bo‘lmagan va ixtisoslashtirilgan lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin. Ular harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tib, harbiy bo‘linma komandiridan ruxsat olsalar, bir yillik shartnoma asosida xizmatni boshlashlari mumkin.
Zobit sifatida xizmat qilishni istaganlar Bosh shtab yoki boshqa tegishli harbiy tuzilmalar tomonidan alohida tasdiq olishlari talab qilinadi. Harbiy xizmatga yollangan fuqarolarga ikki oylik sinov muddati belgilangan. Agar bu davrda ular xizmatga noyoqli deb topilsa, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinadi.
Qonunda xizmat qilish uchun eng yuqori yosh cheklovi belgilanmagan. Biroq harbiy holat tugaganidan so‘ng barcha shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Tashabbus Ukrainada texnik, logistika va yordamchi xizmatlarda malakali kadrlar yetishmasligini hal qilishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, Ukraina 2024 yil aprelda armiyaga chaqiruv yoshini 27 yoshdan 25 yoshga tushirgan edi. 2025 yil fevraldan boshlab esa 18–24 yoshli ko‘ngilliklar uchun bir yillik shartnomalar va moliyaviy rag‘batlar joriy etilgan.