30-07-2025 09:31
Manbaning yozishicha, dastlab Kanada va Meksikadagi bir nechta shaharlar ham marosimga mezbonlik qilish uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqilgan. Biroq turnir tashkiliy qo‘mitasi yakunda Las-Vegas shahrini tanlagan. Qayd etilishicha, ushbu shahar ilgari ham, aniqrog‘i, 1994-yilda AQShda o‘tkazilgan Jahon chempionati qur’a tashlash marosimiga mezbonlik qilgan.
Bu galgi marosim dunyodagi eng zamonaviy arenalardan biri — “Sfera”da o‘tkazilishi kutilmoqda. Arena o‘z bag‘riga 17,5 ming tomoshabinni sig‘dira oladi va 50 ming kvadrat metr maydonni egallagan ulkan LED-ekran bilan jihozlangan.
Ma’lumot uchun, 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati tarixda ilk bor uch davlat — AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida tashkil etiladi. Musobaqada jami 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham tarixda ilk bor mundial yo‘llanmasiga ega chiqqan.